Gonkongdagi kuchli to`fon sababli maktablar yopilib, aviareyslar bekor qilindi

10:01, 21 oktabr

Kuchliligi darajasi 8 ballni tashkil qilgan to`fon Gonkongga yaqinlashmoqda. Bu haqda South China Morning Post yozadi.

Shaharda kuchli vayronagarchiliklar bo`lishi kutilmoqda. To`fon sababli maktablar, davlat idoralari yopilib, fond birjasidagi savdolar to`xtatildi.

600 ortiq aviareys bekor qilindi. Bundan tashqari jamoat transporti ham uzilishlar bilan ishlamoqda. 

Aholidan suv sporti bilan shug`ullanmaslik hamda sohillardan yiroqda bo`lish so`ralmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!