Xitoyda 300 nafar o`quvchi zaharlandi

10:16, 21 oktabr

Xitoy shimolida 300 dan ortiq o`quvchilar ovqatdan zaharlanishdi, ulardan 74 nafari kasalxonaga yotkizildi.

Hodisa Xebey provinsiyasida sodir bo`ldi. Zaharlangan bolalar - 27 ta sinf bolalari. Maktabda umumiy hisobda 35 ta o`quv sinfi mavjud.

Ma`lum qilishlaricha, zaharlangan o`quvchilarning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.

Hukumat voqea sabablarini aniqlashga kirishgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!