Qirg`iziston prezidenti Almazbek Atambaev Farg`onadagi vertolyot halokati munosabati bilan hamdardlik bildirdi

10:27, 21 oktabr

Qirg`iziston prezidenti Almazbek Atambaev Farg`ona viloyatida Mudofaa vazirligiga tegishli Mi-171 vertolyoti halokatga uchragani munosabati bilan O`zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoevga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Qirg`iziston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Qirg`iziston xalqi va shaxsan o`z nomimdan halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik so`zlarini etkazishni so`rayman”, — deyiladi Atambaevning hamdardlik maktubida. 

18 oktyabr kuni Farg`ona viloyatida Mudofaa vazirligiga tegishli Mi-171 vertolyotining qulashi oqibatida uning bortida bo`lgan 9 kishi halok bo`ldi. Aviahalokat sabablarini tekshirish bo`yicha maxsus komissiya tuzilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!