Evropa Ligasi. “Inter”da kichik g`alaba, “Roma” g`alabani qo`ldan boy berdi

10:40, 21 oktabr

Evropa Ligasi musobaqasining guru bosqichi 3-turida Italiyaning “Inter” jamoasi Angliyaning “Sautgempton” futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.

O`yinning 67-daqiqasida Antonio Kandreva tomonidan kiritilgan yagona gol “Inter”ning 3 ochko ishlab olishini ta`minladi.

Italiyaning yana bir klubi “Roma” o`z maydonida o`rtamiyona hisoblangan Avstriyaning “Austriya” klubiga qarshi kurashdi. Mazkur o`yinda 3:3 hisobidagi jangovar durang qayd etildi.

Evropa ligasi, 3-tur

Inter Italiya – Sautgempton Angliya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol:   1:0 – 67 Kandreva. 
Inter – Xandanovich, Miranda, Santon, Nagatomo (D`Ambrozio, 90), Murilo, Nyukuri, Medel, Brozovich, Kandreva (Ansaldi, 81), Eder (Perishich, 86), Ikardi.
Sautgempton – Forster, van Deyk, Yosida, Martina, Makkuin, Tadich (Bufal, 73), Romeu, Uord-Prouz, Xeyberg, Rodriges (Devis, 78), Long (Ostin, 48).
Ogohlantirishlar:  Brozovich (59), Medel (83), Xeyberg (85).

Roma Italiya – Austriya Avstriya 3:3 (2:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 16 Xolsxauzer, 1:1 – 19 El-Shaaravi, 2:1 – 34 El-Shaaravi, 3:1 – 69 Florensi, 3:2 – 82 Prokop, 3:3 – 84 Kayode.
Roma – Alisson, Florensi (Emerson, 76), Manolas, Fasio, Jezus, Nainggolan, Paredes, Jerson, Iturbe (Djeko, 81), Totti, El-Shaaravi (Salax, 65).
Austriya – Almer (Xadjikich, 24), Larsen, Filipovich, Stronati, Marchinko, Zerbest, Xolsxauzer, Lukas Enrike (Tadjuri, 76), Gryunvald (Prokop, 78), Pires, Kayode.
Ogohlantirishlar: Fasio (45), Paredes (90), Xadjikich (90).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!