Xo`ja xo`ja bilan quda bo`lishi shartmi?

12:25, 21 oktabr

Savolga Toshkent shahar, Shayxontohur tuman bosh imom xatibi, «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom xatibi Odilxon qori YuNUSXON o`g`li javob beradi.

 

Ma`lumki, yurtimizda xo`ja, bek, said kabi nasl-nasablar bor. Ulardagi urf-odatlarga ko`ra, xo`jalar faqat xo`jalar bilan, saidlar saidlar bilan qarindosh bo`lishadi. Ya`ni, qiz olib, qiz berishadi. Sovchilikka borilganda ham birinchi xo`ja yoki saidligini so`rashadi. Boshqalar bilan qarindosh bo`lishmaydi. Aytishlaricha, ular Payg`ambarimiz (sallallohu alayhi va salam) sahobalarining avlodlari ekan... Axir hammamiz Odam Ato va Momo Havoning avlodlarimiz-ku! Savolim shundan iborat: dinimizda shunday urf-odatlarga qanday qaraladi? Sahobalarda shunaqa odat bo`lganmi?

 

— Shariatda nasl-nasab bilan faxrlanishdan qaytarilgan. Aslida, banda qalbidagi imoni, qilayotgan solih amali, odobi muhim. Sovchilikda ham bu mezon asosiy o`rinda turishi kerak. Hadisi sharifda qizning dinu diyonatiga e`tibor berishga chaqirilgan. Shunda oila mustahkam bo`ladi. Sayid faqat sayid bilan, xo`ja faqat xo`ja bilan quda bo`lsin, degan gap yo`q.
        Unutmaylik, kishining nasl-nasabi, boyligi, obro`-e`tibori yoki chiroyi baxt keltirmaydi. Saodatga eltuvchi vosita — insofu diyonat, pokiza qalb va chiroyli xulqdir!

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!