Bosh vazirga bir kunda amalga oshirilayotgan qo`ng`iroqlar sanab chiqildi

14:17, 21 oktabr

19 oktyabr kuni O`zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoevning virtual qabulxonasi 1000 telefon raqamiga 19 mingdan ziyod qo`ng`iroq kelib tushdi, xabar bermoqda hukumat rahbarining Facebook-sahifasiga asoslanib “Gazeta.uz”.

Xabarda aytilishicha, bularning barchasi murojaat yuborish emas, balki murojaatlarning holatini aniqlashtirish bilan ham bog`liq.

Murojaat qiluvchilarga internetdan foydalanishga imkoniyat bo`lmay qolgandagina telefon orqali, aynan qo`ng`iroqlar kamroq bo`ladigan vaqtda (ular jadvalda aks ettirilgan) murojaat yuborish tavsiya etilmoqda.

Murojaatlar imkoni boricha pm.gov.uz sayti orqali yuborilishi hamda holati tekshirilishi maqsadga muvofiq.

Qayd etilishicha, ushbu holatda xizmat sifatini yaxshilash maqsadida operatorlar soni doimo orttirib borilayapti, lekin shu bilan birgalikda, aynan qo`ng`iroq ko`p bo`ladigan vaqtlarda 1000 telefon raqamida navbat kutish holatlari kuzatilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!