Uchastka saylov komissiyasi a`zolari tasdiqlandi

14:40, 21 oktabr

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o`tkazuvchi 1-Qoraqalpog`iston okrug saylov komissiyasining navbatdagi majlisida okrug hududidagi uchastka saylov komissiyalarining tarkibini tasdiqlash masalasi ko`rib chiqildi.

“O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risida”gi qonunga muvofiq, xalq deputatlari shahar va tumanlar Kengashlari tomonidan shakllantirilgan saylov uchastkalari komissiyalari tarkibi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o`tkazuvchi 1-Qoraqalpog`iston okrug saylov komissiyasi qarori bilan tasdiqlandi, deya xabar beradi O`zA.

Qoraqalpog`iston Respublikasi hududida tuzilgan 590 saylov uchastkasi bo`yicha komissiyalar tarkibiga 5 ming 203 kishi jalb etildi.

– Komissiyalar tarkibining 1 ming 700 dan ortig`i xotin-qizlardir, – deydi 1-Qoraqalpog`iston okrug saylov komissiyasi raisi o`rinbosari Sapargul O`temuratova. – A`zolarning 68,2 foizi bu borada muayyan tajribaga ega, avvalgi saylovlarda ham ishtirok etgan. Komissiya a`zolarining 63,6 foizi pedagog, 1,5 foizi huquqshunos, 4,3 foizi iqtisodchi, 4,2 foizi tibbiyot xodimi, 3,7 foizi muhandis, 1,4 foizi quruvchi, 0,12 foizi jurnalistlardir.

Majlisda okrug saylov komissiyasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalar yuzasidan ham qarorlar qabul qilindi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!