Uzoq umr ko`rishning 8 sharti

14:41, 21 oktabr

BADANTARBIYa QILING!

Ertalablari 15-20 daqiqa engil jismoniy mashqlarni bajaring. Nonushtadan avval limon sharbati qo`shilgan suv iching.

BEKOR QOLMANG

Ertalab uyqudan uyg`ongach, shunchaki televizor tomosha qilish bilan kifoyalanib qolmang. Engil tamaddidan so`ng, albatta sayr qiling. Kun davomida o`zingiz uchun biror mashg`ulot toping. Hovli-bog`ni parvarishlang, bichish-tikish kabi.

PIYoDA YuRING

Imkon qadar kamharakatlilikdan saqlaning. Uydan bolalar bog`chasi yoki maktabiga piyoda borishingiz mumkin. Agar kun bo`yi ishda bo`lsangiz kechki ovqatdan so`ng yarim soatlik sayr tashkillashtiring.

KROSSVORD IShLANG!

Gerontologlar nafaqat jismoniy faollik balki aqlni charxlovchi mashqlar ham uzoq umr garovi deyishadi. Bo`sh vaqtingiz bo`lsa, krossvord ishlang. Farzandlaringiz bilan topishmoqli o`yinlar o`ynang.

YoQTIRGAN KASBINGIZDA IShLANG

Evropalik gerontolog – ruhshunos Geri Kennedi fikricha, inson o`zi yoqtirgan kasbda ishlasa, sog`lom va tetik bo`ladi. Shu bilan birga uzoq umr ko`rish imkoniyatlari ham ortadi. Chunki bunda zavq va shavq bilan ishlaysiz.

NOXUSh O`YLARDAN YIROQLAShING

Turmushimizda turli vaziyatlar bo`ladi. Ammo har qaysinisida ham iloji boricha hotirjamlikni saqlashga harakat qiling. Noxush o`y-fikrlardan uzoqlashing.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!