Kartoshkadan rulet - go`shtsiz ham betakror va mazali taomlar tayyorlash mumkin!

14:45, 21 oktabr

Zarur masalliqlar (4 kishilik): 700 gr. kartoshka, 75 gr. pishloq kirindisi, 2 dona tuxum, 1 bosh piyoz, 1 tadan sabzi va qizil bulg`or qalampiri, 4 osh qoshiq un, 1 osh qoshiq smetana, 1 choy qoshiq tomat, maydalangan ko`kat, o`simlik yog`i, 1-2 bog` kashnich, maydalangan qora murch, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Kartoshkalarni po`stidan tozalab, qaynating. Qaynab chiqqach, past olovda yana 20 daqiqa qaynasin. Keyin suvini to`kib tashlab, issiq holida ezing.

2. Ezilgan kartoshkaga 1 dona tuxum, tuz, qora murch, un solib, yaxshilab aralashtiring. Aralashmani namlangan toza salfetka ustiga yoying.

3. Piyoz, sabzi, qizil bulg`or qalampiri va kashnich bandini somoncha shaklida to`g`rang. Qizdirilgan o`simlik yog`ida qovuring. Tomat solib, 5-7 daqiqa qovurishda davom eting. So`ng maydalangan ko`katni qo`shing.

4. Sabzavotli qovurmani yoyilgan kartoshkali aralashma ustidan solib, nam salfetka yordamida rulet shaklida o`rang. Qolgan 1 dona tuxumni smetana bilan aralashtirib, rulet ustidan surting. Pishloq qirindisini ham sepib, 160 darajada qizdirilgan gaz pechiga 30-40 daqiqaga qo`ying.

Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 25 daqiqa.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!