Shou-biznes vakillari xonandalar Munisa Rizaeva va Aziza Nizomovani tabriklamoqda(Foto)

14:47, 21 oktabr

Ma`lumki, bugun, 21 oktyabr o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida nishonlanadi. Xonandalar Munisa Rizaeva va Aziza Nizomova esa bugun yana bir bayramni nishonlamoqda, ya`ni 21 oktyabr ikkala xonandaning ham tug`ilgan kuni. Shu munosabat bilan shou-biznes vakillari ijtimoiy tarmoqlar orqali Munisa va Azizani tavallud ayyomi bilan qutlamoqda. 

Xonanda Munisa Rizaeva sharlar yordamida hosil qilingan 30 raqami yonida suratga tushdi va o`z-o`zini tug`ilgan kuni bilan tabrikladi.  

Aziza Nizomova esa o`zining shaxsiy sahifasiga do`stlari va yaqinlari tomonidan uyushtirilgan kichik syurpriz aks etgan videoni joyladi. 

Fursatdan foydalanib, “Darakchi.uz” sayti jamoasi nomidan Munisa va Azizani tug`ilgan kuni bilan qutlaymiz.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!