Pogba, Xandanovich va Marlos Evropa Ligasi ramziy terma jamoasiga kiritildi

15:35, 21 oktabr

Evropa Ligasi guruh bosqichi 3-tur uchrashuvlari yakuniga etgach, UEFA turning ramziy terma jamoasini e`lon qildi.

Ramziy terma jamoaga “Inter” posboni Samir Xandanovich, “Fiorentina” hujumchisi Nikola Kalinich, “MYu” yarim himoyachisi Pol Pogba o`rin olgan.

Quyida ramziy termaning barcha ishtirokchilari keltirilgan.

Darvozabon: Samir Xandanovich (“Inter”).

Himoyachilar: Terens Kongolo (“Feyenoord”), Dante (“Nissa”), Yakub Brabes (“Genk”).

Yarim himoyachilar: Evgeniy Konoplyanka (“Shalke-04”), Viktor Juliano (“Zenit”), Pol Pogba (“Manchester Yunayted”), Marlos (“Shaxtyor”).

Hujumchilar: Nikola Kalinich (“Fiorentina”), Giyom Oaro (“Yang Boyz”), Raul Rusesku (“Osmanlispor”).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!