To`yimli salat - konservalangan qizil loviyadan!

15:59, 21 oktabr

Zarur masalliqlar (4 kishilik): 300 gr. qaynatilgan go`sht, 1 banka (200 gr.) konservalangan qizil loviya, 3 dona pomidor, 2 ta tuzlangan bodring, 1 bosh qizil piyoz, 1 ta bulg`or qalampiri, 1 bo`lak sarimsoq piyoz, 6 osh qoshiq zaytun yog`i, 4 choy qoshiq sirka, petrushka, rayhon bargi, qora murch, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Piyozni yupqa halqa shaklida to`g`rang. Bulg`or qalampirini o`rtasidan bo`lib, qaynatilgan go`sht, pomidor bilan birga maydalab to`g`rang. Sarimsoq piyozni ezing.

2. Bodringni to`rtburchak shaklda to`g`rang. Konservalangan qizil loviyani elakdan o`tkazib, suvini yaxshilab silqiting. Petrushka va rayhon bargini maydalang.

3. Sous tayyorlash uchun sirka, zaytun yog`i, tuz, qora murch va konservalangan qizil loviya suvini aralashtiring. Keyin salatga solib, yaxshilab aralashtiring. 30 daqiqaga salatni salqinroq joyga qo`ying. Dasturxonga ko`katlar bilan bezab, tuz sepib torting.

Tayyorlanish vaqti: 45 daqiqa.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!