Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi “Minor” jome masjidiga tashrif buyurdi

16:12, 21 oktabr

Ma`lumki, 2016 yil 18-19 oktyabr kunlari Toshkentda Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi bo`lib o`tdi. Yurtimizda mehmon bo`lib turgan nufuzli anjuman ishtirokchilari poytaxtimiz hamda ko`hna Samarqand shahrining tarixiy va diqqatga sazovor maskanlarini ziyorat qilish imkoniga ega bo`ldilar. 

20 oktyabr kuni Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Iyad Amin Madaniy “Minor” jome masjidiga tashrif buyurdi, deya xabar beradi O`MI Toshkent shahar vakilligi matbuot xizmati. 

Martabali mehmon masjidning qurilish tarixi, undagi namozxonlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Iyad Amin Madaniy jomening o`ziga xos arxitekturasi, naqshinkor qubbalari, go`zal mehroblariga yuqori baho berib, masjid bunyodkori O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezideneti Islom Karimov ruhi poklari shodon, oxiratlari obod bo`lishini tilab duo qildi. Tinch diyorda ana shunday muazzam ibodat uylari hamisha barhayot bo`lishini ta`kidlab o`tdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!