Shaxmat Yulduzlari: Rustam Qosimjonovga $20 000 nasib qiladimi?

16:17, 21 oktabr

Bugun poytaxtimizdagi “Miran” mehmonxonasida davom etayotgan nufuzli musobaqa – Shaxmat Yulduzlari turniri o`z yakuniga etadi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.

Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 680-yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu super turnirda ozarbayjonlik Shaxriyar Mamadiyarov, isroillik Boris Gelfand, ukrainalik Ruslan Ponomarev hamda 17-jahon chempioni hamyurtimiz Rustam Qosimjonov ishtirok etyapti.

Bugun so`nggi tur uchrashuvlari o`tkazilib, g`olib va sovrindorlar nomi ma`lum bo`ladi. Hamyurtimiz 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov bugun avvaliga Ruslan Ponomarev, keyin peshqadam Shaxriyar Mamadiyarov, so`nggi partiyada Boris Gelfand bilan xisob-kitob qiladi.

Bugungi so`nggi uchrashuvlar oldidan Qosimjonov 4 ochko bilan 3-o`rinni egallab turibdi. Olti ochkoga ega ozarbayjonlik Shaxriyar Mamadiyarov bugun bitta uchrashuvda durang qayd etsa ham turnir g`olibiga aylanadi.

BUGUNGI UChRAShUVLAR:

Ponomaryov – Qosimjonov

Gelfand – Mamadiyarov

Gelfand – Ponomaryov

Mamadiyarov – Qosimjonov

Ponomaryov – Mamadiyarov

Qosimjonov – Gelfand

TURNIR JADVALIDAGI HOLAT:

Shaxriyar Mamadiyarov (Ozarbayjon) - 6 ochko

Boris Gelfand (Isroil) - 4,5 ochko

RUSTAM QOSIMJONOV (O`zbekiston) - 4 ochko

Ruslan Ponomarev (Ukraina) - 3,5 ochko

Ma`lumot uchun, Shaxmat Yulduzlari turnirining umumiy mukofot jamg`armasi 50 ming Amerika Qo`shma Shtatlari dollarini tashkil etadi. G`olib grossmeyster 20 ming dollarga ega bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!