“O`zbekiston havo yo`llari” Samsung Note 7 olib ketishdagi cheklovlar haqida ogohlantirdi

16:37, 21 oktabr

Malayziya Davavianazorati ko`rsatmasiga binoan va parvozlar xavfsizligini ta`minlash maqsadida Malayziyadan uchib keladigan yo`lovchilarga “O`zbekiston havo yo`llari” MAK havo kemalari sahnida Samsung Note 7 markadagi uyali telefonlarni (smartfonlarni) olib ketish taqiqlanadi.

Cheklovlar ilgari ro`y bergan Samsung Note 7 markadagi smartfonlarning yonib ketganligi holatlari munosabati bilan kiritilgan bo`lib, shu sababli yo`lovchilar smartfonni qo`l yuki sifatida olib ketishlari, bagajga topshirishlari yoki Malayziyadan uchib ketadigan qatnovlarda yuk sifatida jo`natishlari mumkin emas.

Ushbu ko`rsatmaga qat`iy rioya etishingizni so`raymiz.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!