Osiyo chempionati U-19. Eron O`zbekistonning chorak finaldagi raqibi

16:38, 21 oktabr

Eron yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionati guruh bosqichi so`nggi turida Yamanni 1:0 hisobida mag`lub etdi va chorak finalda O`zbekistonga raqiblik qiladi.

O`FF matbuot xizmatining xabar berishicha, Bahraynda davom etayotgan Osiyo chempionatining uchta guruhida guruh bosqichi o`yinlari yakunlandi. Unga ko`ra turnirning chorak finaliga yo`llanma olgan 7ta jamoaning nomi ma`lum bo`ldi.

Ayni damga kelib Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Iroq, Vetnam, Yaponiya, Eron hamda O`zbekiston pley-off bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritishga ulgurishdi. Pley-offning so`nggi ishtirokchisi nomi bugun bo`lib o`tadigan Avstraliya hamda Tojikiston yoshlar terma jamoalari o`yinidan so`ng ma`lum bo`ladi.

Guruh bosqichida dastlabki ikki turda g`alaba qozongan va muddatidan oldin guruh g`olibligini qo`lgan kiritgan O`zbekiston U-19 terma jamoasi ham, bugun guruhdagi so`nggi tur o`yinida Xitoy yoshlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Chorak final juftliklari.

Bahrayn – Vetnam

Iroq – Saudiya Arabistoni

O`zbekiston – Eron

Yaponiya – Avstraliya – Tojikiston o`yini g`olibi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!