Toshkentda favvorali xiyobonga aylantirilgan ko`cha yana avtoyo`lga aylantiriladigan bo`ldi

16:51, 21 oktabr

21 oktyabrya kuni Toshkentda avgust oyi o`rtalarida yopilgan Oybek ko`chasining Nukus va Turkiston ko`chalari o`rtasidagi qismini qayta tiklash bo`yicha ishlar boshlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda. 

Katta sur`atlarda qariyb bitayozgan favvora buzib tashlanib, piyodalar yo`lagi bo`ylab panjara olib tashlandi, ishchilar sug`orish tizimlarini demontaj qilmoqda. Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari so`zlariga ko`ra, yo`l dushanba kuniyoq ochilishi mumkin.

Eslatib o`tamiz, transport harakati uchun yopilgan mazkur uchastkada favvora va o`rindiqlarga ega yashil hudud barpo etilishi belgilangan edi.

Oktyabr oyi avvalida O`zbekiston poytaxtida Mustaqillik ko`chasi bilan kesishgan bir qator ko`cha qismlari ochildi. natijada ayrim yo`nalishlardagi vaziyat sezilarli darajada yaxshilandi.

Foto: Facebook/Voditeli Tashkenta

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!