Osiyo chempionati U-19. O`zbekiston va Xitoy nursiz durangga imzo chekdi

09:05, 22 oktabr

Bahraynda davom etayotgan Osiyo chempionati guruh bosqichi so`nggi turida O`zbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoy bilan 0:0 hisobida durang o`ynadi.

Muddatidan oldin guruh o`yinlari g`olibligini qo`lga kiritgan O`zbekiston yoshlar terma jamoasi so`nggi turda Xitoy yoshlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Teng kurashlar ostida o`tgan o`yinda jamoalar gol kirita olishmadi va o`yin 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Avstraliya hamda Tojikiston o`rtasidagi guruhning ikkinchi o`yinida ham 0:0 hisobidagi durang qayd etildi va Tojikiston yoshlar terma jamoasi to`plar nisbatiga ko`ra guruhda ikkinchi o`rinni egalladi.

Shu tariqa, O`zbekiston U-19 terma jamoasi chorak finalda 24 oktyabr kuni Eronga qarshi o`ynaydi. Tojikiston esa, Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi.

O`zbekiston U-19 Xitoy U-19 — 0:0

O`zbekiston U-19: 12.Umidjon Ergashev, 2.Azizbek Suyunov, 5.Xushnudbek Avilov,  7.Sanjar Qodirqulov (18.Shohrux Mahmudxojiev, 74), 8.Saidjamol Davlatjonov, 10.Suhrob Nurulloev, 13.Javohir Esonqulov, 16.Jamshid Yusupov, 20.Husniddin G`ofurov, 22.Begzod G`anijonov, 23.Nurillo To`xtasinov.

Xitoy U-19: 22.Shi Ksiadong, 5.Xuang Chuang, 7.Zang Xongjiang (16.Feng Boksuan, 84), 9.Vu Vei, 10.Zang Yuan, 14.Gao Xuaze (23.Ning Veichen, 84), 15.Yao Daogang, 17.Yang Liyu, 18.Xu Jingxang, 19.Chao Yongjing, 20.Xuang Zengyu.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!