Jasur Abduraimov: Zaxira kuchimizni sinovdan o`tkazdik

09:50, 22 oktabr

O`zbekiston U-19 terma jamoasi ustozi Jasur Abduraimov Xitoy yoshlariga qarshi (0:0) guruhning so`nggi o`yinida dastlabki ikki o`yinda maydonga tushmagan futbolchilarni sinovdan o`tkazganini aytib o`tdi.

“Bugun dastlabki ikki o`yinda maydonga tushmagan futbolchilarni sinovdan o`tkazdik. Bu muhim o`yinlar oldidan futbolchilarning bugungi holatini tekshirib olish uchun juda muhim edi. Bugungi o`yindan so`ng kimning imkoniyati qanday ekanini tekshirib oldik. Tarkibimizdagi 22 nafar futbolchininig imkoniyatlarini aniqlab olish bizga juda muhim”, - deydi O`zbekiston yoshlar terma jamoasi ustozi.

Jasur Abduraimov bugungi o`yinda Xitoy yoshlar terma jamoasi yaxshi o`yin ko`rsatganini aytib o`tdi: “To`g`risini aytsam, Xitoy yoshlar terma jamoasining ilk ikki o`yinda imkoniyatni boy bergani menga sovg`a bo`ldi.  Jamoa taktik jihatdan ham mukammal ekanini ko`rdik. Bugungi o`yinda bizga ijobiy kayfiyatni taqdim etgan holat Xitoydan gol o`tkazmaganimiz bo`ldi. Ularga qarshi bizga bugun qiyin bo`ldi”, - dedi Abduraimov.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!