Foliyga boy 7 mahsulot, homiladorlar uchun maxsus!

11:17, 22 oktabr

BROKKOLI

Miqdori: brokkolning ikki bandida 52 mkg foliy kislotasi (me`yordagi bir sutkalik miqdorining 13%) va 26 kaloriya bor. Ushbu sabzavotni qaynatib yoki pomidor, sabzi va o`simlik yog`i qo`shilgan holda hamda xomligicha iste`mol qilish mumkin.

LOVIYa

Miqdori: 1 stakan loviyada 249 mkg foliy kislotasi (me`yordagi sutkalik miqdorning 74%) hamda 245 kaloriya bor.

Foydali, hamyonbop va to`yimli bo`lgan loviyaning oqi ham, qizili ham birdek foydali. hafta davomida loviyadan salat va taom tayyorlashingiz mumkin.

KUNGABOQAR PISTASI

Miqdori: 30 gramm pistada 66,6 mkg foliy kislotasi (me`yordagi sutkalik miqdorining 17%) hamda 173 kaloriya bor.

Kungaboqar pistasida nafaqat foliy kislotasi, balki foydali yog`lar va E vitamining ulkan zahirasi bor. Shu bois ham homilador ayollar organizmi uchun foydali egulik bo`la oladi.

ERYoNG`OQ

Miqdori: yarim stakan eryong`og`ida 105,9 mkg foliy kislotasi (me`yordagi sutkalik miqdorining 26,5 %) hamda 427 kaloriya bor.

Foliy kislotasiga to`yinganligi bilan birga oqsil, magniy va ruh moddasiga ega ekanligi bilan  homiladorlar taomnomasiga kiritilishi tavsiya etiladi.

BANAN

Miqdori: bitta o`rtacha kattalikdagi bananda 23,6 mkg foliy kislotasi (me`yordagi sutkalik miqdorining 6 %) hamda 105 kaloriya bor.

Ochiqqanda banan bilan taomlanib, ishtahangizni jilovlaysiz. Shu bilan birga organizmingiz ham sizdan minnatdor bo`ladi.

POMIDOR ShARBATI

Miqdori: 180 mg pomidor sharbatida 36,4 mkg foliy kislotasi (me`yordagi sutkalik miqdorining 9%) hamda 31 kaloriya bor.

Mazkur sharbatni kechki taomdan oldin yoki ovqat bilan birga iste`mol qilsangiz ham bo`ladi. Qolaversa, pomidor sharabati ichaklar uchun ham foydali.

APELSIN

Miqdori: bitta o`rtacha kattalikdagi apelsinda 28,8 mkg foliy kislotasi (me`yordagi sutkalik miqdori 7%) hamda 45 kaloriya bor.

Agar allergik toshmalarga moyilligingiz bo`lmasa, haftada bir-ikki marta apelsin mevasi yoki sharbatidan  bahramand bo`lishingiz mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!