Lionel Messi EChLda haftaning eng yaxshi futbolchisi bo`ldi

11:20, 22 oktabr

Joriy haftada Evropa chempionlar ligasining 3-tur uchrashuvlari o`tkazildi. Hafta yakunlariga ko`ra, Evropa futbol ittifoqi (UEFA) matbuot xizmati haftaning eng yaxshi futbolchini aniqlab berdi.

Unga ko`ra, “Manchester Siti”ga qarshi (4:0) o`yinda xet-trik qayd etgan Lionel Messi haftaning eng yaxshi futbolchi deb tan olindi. Respondentlarning 38  foizi aynan uning nomzodini qo`llab-quvvatladi.

Argentianlik 29 yoshli futbolchi “Lester” yarim himoyachisi Riyad Maxrez va “Borussiya D” klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyangdan o`zib ketdi. 

Avvalroq Evropa chempionlar ligasi 3-turining ramziy terma jamoasi e`lon qilingan edi. Uning tarkibida ham Lionel Messi bor. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!