O`zLiDePning vakolatli vakili Markaziy saylov komissiyasiga hujjatlar topshirdi

11:27, 22 oktabr

Joriy yilning 22 oktyabr kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining vakolatli vakili Markaziy saylov komissiyasiga siyosiy partiya tomonidan ko`rsatilgan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni ro`yxatga olish uchun zarur hujjatlarni taqdim qildi.

Tadbirda Markaziy saylov komissiyasi a`zolari, siyosiy partiya va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Qonunchilikka asosan siyosiy partiya rahbarining Markaziy saylov komissiyasiga O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni ro`yxatga olishni iltimos qilib yozgan arizasi tadim etildi. 

Arizaga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi VIII s`ezdining O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko`rsatish to`g`risidagi qarori, s`ezdning O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko`rsatish to`g`risidagi bayonnomasi, partiya tomonidan ko`rsatilgan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning o`z nomzodi ovozga qo`yilishiga rozi ekanligi to`g`risidagi arizasi, shuningdek  O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni qo`llab-quvvatlovchi saylovchilarning imzo varaqalari ilova qilindi. 

Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt ko`rsatilgan ma`lumotnoma berdi. Taqdim etilgan hujjatlarning qonunda belgilangan muddatda saylov qonunchiligi talablariga muvofiqligini ko`rib chiqiladi. 

Hozirgi kunda Markaziy saylov komissiyasida imzo varaqalarining to`g`ri to`ldirilganini tekshirish yuzasidan ichki ishlar, adliya organlarining, aholini hisobga olish bilan shug`ullanuvchi muassasalarning mutaxassislari, shuningdek jamoatchilik vakillaridan iborat ekspertlar guruhlari o`z ishini davom ettirmoqda.

Avvalroq saylovda ishtirok etuvchi qolgan uchta siyosiy partiyalarning vakillari Markaziy saylov komissiyasiga O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko`rsatilgan nomzodlarini ro`yxatga olish uchun zarur hujjatlar taqdim qilganliklari haqida xabar bergandik.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!