Yoqtirgan tamaddingiz fe`lingizdan darak beradi!

12:36, 22 oktabr

PISTA ChAQASIZMI?

Sizga «pashshadan fil yasash» iborasi to`g`ri keladi. Chunki kichik muammolarni ham kattalashtirib yuboradigan odatingiz bor. Ustiga-ustak vahimachisiz. Jahlingizni jilovlashni o`rgansangiz, asabingiz ham taranglashmaydi.

YoNG`OQLARNI YoQTIRASIZMI?

Ko`zlagan maqsadingiz yo`lida har qanday to`siqni engib o`tolasiz. Ammo ba`zi paytlari qat`iyyatsizlik kayfiyati yuzaga keladi. Rejalaringizni aniqlashtirib, so`ng amalga oshirishga kirishsangiz, marra sizniki!

ChIPS, TUZLI PEChENELAR

Juda g`ayratlisiz. Bir sutkalik uyqungizdan voz kechasiz-u, ammo zimmangizga yuklatilgan vazifani aytilgan muddatda bajarasiz. Shunga ham atrofingizdagilarning ishonchini qozongansiz. Hammasi yaxshiku-ya, biroq sog`lig`ingizni ham unutib qo`ymang-da.

ShIRINLIKLARGA NIMA DEYSIZ?

Kirishimli insonsiz. Notanish davralarda ham o`zingiz uchun suhbatdosh topolasiz. Tashqi taraflama muloyim ko`ringaningiz bilan aslingizni bilib bo`lmaydi. Shu bois ham goho atrofingizdagilarni esankiratib qo`yasiz.

YOGURTLAR DENG....

O`z nuqtai nazaridan boshqasi bilan hisoblashmaydiganlar toifasidansiz. Fe`lingizdagi o`jarlik o`zingizga ham pand beradi. Ammo uni tan olishni istamaysiz. «Otdan tushsa ham egardan tushmaydi» qabilida ish tutmang-da, o`z ustingizda izlaning. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!