O`zbekistonda yangi vazirlik tashkil etiladi

20:30, 22 oktabr

O`zbekiston hukumatida uy-joy kommunal xo`jaligi sohasida boshqaruv tizimini tubdan o`zgartirish, shu jumladan, Uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligini tashkil etish chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda. Bu haqda bosh vazir Shavkat Mirziyoevning Facebook`dagi sahifasida xabar qilindi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Xabarda keltirilishicha, uy-joy kommunal xo`jaligi masalalari bo`yicha fuqarolardan O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Virtual qabulxonasiga juda ko`plab murojaatlar tushayotgani sababli mazkur qaror qabul qilindi.

Ayni paytda 2001 yilda Kommunal xizmat vazirligi (1992 yilgacha — Uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi) bazasida tashkil etilgan «O`zkommunxizmat» agentligi mazkur sohada mutasaddi organ hisoblanadi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!