Xitoyda kichkina pandalar uchun bog`cha tashkil etildi

21:03, 22 oktabr

Xitoydagi pandalarni parvarishlash markazida mitti pandachalar uchun bog`cha tashkil etildi, deb yozadi “Vesti”.

Bog`chada 23 ta pandachalar parvarishlanmoqda. Ular markaz xodimi nazoratida bo`ladi. Pandachalarning hammasi may va avgust oylari o`rtasidagi vaqtda tug`ilgan. Har yili yangi tug`ilgan kichkina pandachalar mana shu bog`chada tarbiyalanadi. Bu yilda pandalarning ko`payishi rekord darajaga etdi. Joriy yilda tug`ilgan 27 ta pandalardan 4 tasi horijiy davlatlarga yuborildi. 2015 yilda mazkur markazda 13 ta panda tug`ilgan edi.

Markaz xodimlari pandachalarning salomatligi, tana vazni va oziq-ovqatga bo`lgan ehtiyojini nazorat qiladi.  Biroq ularning ishi bu bilan cheklanmaydi. Bog`chaga tashrif buyuruvchilari ko`pligi sababli, ular hayvonlarga zarar etkazmasligi ham nazorat qilib turiladi.

 

 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!