La Liga. “Barselona” dramatik o`yinda “Valensiya”ni mag`lubiyatga uchratdi

21:45, 22 oktabr

Ispaniya chempionati 9-tur markaziy o`yinida “Valensiya” va “Barselona” klublari o`zaro bahs olib borishdi. Murosasiz va kurashlarga boy kechgan bahsda kataloniyaliklar 3:2 hisobida zafar quchdi.

Ushbu o`yinda Lionel Messsi dubl qayd etgan bo`lsa, Luis Suares bitta golga mualliflik qildi. “Ko`rshapalaklar” safida Munir va Rodrigo bittadan gol kiritishdi.

Qayd etish kerakki, Messining so`nggi daqiqada kiritgan goli “Barselona”ga g`alaba va eng asosiysi 3 ochko keltirdi.

"Valensiya" – "Barselona" 2:3

Gollar: 0:1 – 22 Messi, 1:1 – 52 Munir, 2:1 – 56 Rodrigo, 2:2 – 62 Suares, 2:3 – 90 penalti Messi.

"Valensiya" – Diego Alves, Garay, Gayya (Abdennur, 38), Montoyya (Munir, 46), Joau Kanselu, Parexo, Suares, Peres, Nani, Rodrigo (Santi Mina, 71), Mangalya.

"Barselona" – ter Shtegen, Messi, Din, Umtiti, Andre Gomesh (Suares, 71), Maskerano, Inesta (Rakitich, 14), Serji Roberto, Buskets, Neymar, Suares.

Ogohlantirishlar: Garay (17), Diego Alves (23), Buskets (25), Din (47), Neymar (51), Suares (69), Messi (73), Peres (76), Abdennur (90).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!