La Liga. “Real Madrid” o`z maydonida “Atletik Bilbao”ni mag`lubiyatga uchratdi (Video)

08:31, 24 oktabr

Ispaniya chempionati 9-turida “Real Madrid” jamoasi o`z maydonida “Atletik Bilbao” klubi bilan o`zaro kuch sinashdi.

Murosasiz va keskin kurashlar ostida o`tgan bellashuvda madridliklar 2:1 hisobida g`alaba qozondi. “Qirollik klubi” a`zolaridan Karim Benzema va Alvaro Morata gol kiritishdi. “Atletik”dan Sabin Merino bitta javob golini kiritdi.

Ochkolar sonini 21 taga etkazib olgan “Real” La Ligada peshqadamlikni saqlab qoldi.

Real Madrid – Atletik 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 7 Benzema, 1:1 – 27 Sabin Merino, 2:1 – 83 Morata. 
Real Madrid – Navas, Karvaxal, Pepe, Varan, Marselo, Kovachich, Kroos, Isko (Vaskes, 65), Beyl, Benzema (Morata, 75), Ronaldu.
Atletik – Iraysos, Inigo Lekue, Echeyta, Laport, Saborit (Muniain, 87), San Xose, Mikel Riko, Inyaki Uilyams, Eraso, Raul Garsiya (Iturraspe, 76), Sabin Merino (Susaeta, 78).
Ogohlantirishlar: Echeyta (31), Raul Garsiya (55), Morata (87), Laport (87), Karvaxal (90).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!