Monako shahzodasi Albert II bolaligi o`tgan uyni sotib oldi

10:08, 24 oktabr

Monako shahzodasi Albert II AQShning Filadelfiya shahrida joylashgan, onasi aktrisa Greys Kellining oilasiga tegishli uyni sotib oldi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.  

Albert II onasining bolaligi o`tgan oltita yotoqxonasi mavjud bo`lgan uyni sotib olayotganligini tasdiqladi. Uning aytishicha, bu uy muzeyga, ma`lum qismi esa fond ishini yuritish idorasiga aylantiriladi. U bolaligi o`tgan, shirin xotiralarni esga soluvchi uyni sotib olganidan judayam mamnun. Ma`lumotlarga ko`ra, uy 754 ming dollarga sotilgan.

Shahzoda Filadefiyadan sotib olgan uyiga 25 oktyabr kuni borishni rejalashtirilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!