Bir oyda Bosh vazir Virtual qabulxonasiga 70 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

10:27, 24 oktabr

O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Virtual qabulxonasi 2016 yilning 24 sentyabrdan o`z faoliyatini boshlagan edi.

Faoliyatning ilk haftasida qabulxonaga o`rtacha kundalik murojaatlar soni 1 000 tadan ortgandi, ikkinchi haftada o`rtacha kundalik murojaatlar soni 2 000 tadan, uchinchi haftada esa o`rtacha kundalik murojaatlar soni 3 000 dan, to`rtinchi xaftani oxirida kundalik murojaatlar soni 4000 dan ortdi.

22 oktyabr kuni umumiy Virtual qabulxonaga qilingan murojaatlar soni 70 mingdan ortdi. Bu haqda Bosh vazir Shavkat Mirziyoevning Feysbukdagi sahafasida ma`lum qilindi

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!