Barak Obama Oq uyda reper Asher bilan raqsga tushdi

10:31, 24 oktabr

AQSh prezidenti Barak Obama Oq uyda mashhur reper Asher bilan xip-xop ijrochisi Dreykning Hotline Bling qo`shig`iga raqsga tushdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. Bu video Twitterning Word On Road akkauntida namoyish etildi.

Videorolikda Obama va Asherning Oq uyda 21 oktyabr kuni o`tkazilgan BET Love and Happiness awards tadbirida raqsga tushayotgani aks etgan. Bundan reper ham noqulay ahvolga tushgan. Mamlakat rahbarining o`zini tutishini ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham muhokama qilib, “Ey, Obama! Oq uyni tungi klubga aylantirma!” deb izoh qoldirishgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!