Neymar o`g`lini dunyoga keltirgan shifokorga sudda yutqazdi

10:40, 24 oktabr

"Barselona" hujumchisi Neymar 2011 yili Karolina ismli ayol bilan birga o`g`il farzandli bo`lgandi. O`shanda tug`uruqni akusher-shifokor Gerbert Kramer qabul qilgan edi.

Kelishuvga ko`ra, Neymar shifokorga 25 ming dollar atrofida xizmat haqi berishi kerak edi, deya yozadi Sports.uz. Biroq, millioner Neymar bu summa ko`p ekanini ta`kidlab pulni bermadi. Shifokor esa darhol sudga murojaat qildi.

Besh yillik surishtiruv ishlaridan keyin sud Neymar shifokorga kelishilgan summani to`lashi lozimligi haqida qaror chiqardi.

Ayni paytda Neymar Karolina bilan birga emas, aksincha birinchi muhabbati Bruna Markizini bilan munosabatlarini tiklagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!