Urugvayda o`tkazilayotgan futbol chempionati otishma tufayli to`xtatildi

10:58, 24 oktabr

Urugvayning “Sentenario” stadionida “Penyarol” va “Rampl Xuniors” jamoasi o`rtasida o`tkazilayotgan match stadion hojatxonasida ro`y bergan otishma tufayli to`xtatildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

Hojatxonada hujum uyushtirgan noma`lum erkak qo`li va oyog`idan yaralanib, Montevideo shahridagi kasalxonalardan biriga yotqizilgan. Polisiyaning ma`lumot berishicha, “Penyarol” jamoasining bir necha ishqibozi giyohvandlik moddasi sotib olayotganda kelishmovchilik yuzaga kelib, otishmaga aylanib ketgan. 

Birinchi taymda “Rampl Xuniors” jamoasi 1:0 hisobida g`alaba qozongan. Biroq polisiya xavfsizlikni ta`minlash maqsadida o`yinni to`xtatishga majbur bo`lgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!