Milliy bank, Milliy aviakompaniya va NTMK aksionerlarga aylanishadi

11:30, 24 oktabr

17 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ulushi ustunlik qiladigan Aksionerlik jamiyatlarda korporativ boshqaruvni takomillashtirish chora-tadbirlari to`risida”gi Qarori imzolandi.

Unga ko`ra, 2016−2017 yillarda “Navoiy tog`-metallurgiya kombinati”, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi hamda “O`zavtoyo`l” davlat korxonalari aksionerlik jamiyatlariga aylantiriladi. Bu haqda Qimmatli qog`ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi xabar beradi.

Hujjatda 10 ta strategik aksionerlik jamiyati ro`yxati keltirilgan bo`lib, ular orasida yuqorida sanab o`tilgan AJga aylantiriluvchi oddiy aksiyalarining 100 foizi davlatga tegishli kompaniyalar ham bor:

•  «O`zbekneftgaz» MXK;
•  «O`zbekenergo» AJ;
•  «O`zbekiston temir yo`llari» AJ;
•  «O`zbekiston havo yo`llari» AJ;
•  «O`zavtoyo`l» AJ;
•  «O`zbektelekom» AJ;
•  «Navoiy tog`-metallurgiya kombinati» AJ;
•  «Olmaliq tog`-metallurgiya kombinati» AJ;
•  «Xalq banki» ATB;
•  «O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki» ATB.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!