Yangi iPhone 7: Afzallik va kamchiliklari

11:35, 24 oktabr

Yangi iPhone 7 smartfonidan hatto dush qabul qilayotganda ham foydalansa bo`ladi.

iPhone 7 smartfoni sotuvga chiqarilganiga ko`p bo`lmadi, biroq shunga qaramay butun dunyo bo`ylab minglab yangi smartfonlar o`z egasini topa oldi. Xo`sh, yangi iPhone`ning afzalliklari va kamchiliklari nimada? Quyida mutaxasislar va xaridorlar smartfonning o`ziga xos xususiyatlarini sanab o`tadi. 

 Qora rangli iPhone7 
“Agar siz qora rangli “qora oniks” smartfonini sotib olgan bo`lsangiz, unri tezda g`ilof ichiga solib qo`yishingiz kerak”,— deydi mutaxasislardan biri.  Chunki aniqlanishicha, qora rangli iPhone 7`ni mobodo qirib olsangiz, unda bu kamchiliklar yaqqol sezilib qoladi. 

Bundan tashqari, qora iPhone 7`ning kamerasidan foydalanilganda barmoq izlari ham bilinib qoladi. Yoki uni muntazam ravishda qo`lqop yordamida ushlash kerak.     

Smartfon korpusining mustahkamligi yuzasidan Apple`ning boshqa anodirlangan gadjetlaridan qolishmaydi, biroq ishlatilganda uning yuzasida turli yoriqlar qolishi mumikn. Agar bu sizni tashvishga solsa, smartfoningiz himoyasi uchun g`ilof sotib oling, deyiladi Apple kompaniyasi saytida. 

“Apple raqobatchilari tobora chiroyli smartfonlar ishlab chiqarmoqda. iPhone 7`ning dizaynida esa avvalgi avlod smartfonlardan ajralib turadigan hech narsa yo`q”,— deb ta`kidlaydi mutaxasislar. “ Mo``jiza yo`qolmadi. Shunchaki hamma joyda mo``jiza bo`lganidan keyin uni sezish qiyinlashadi”.  

Smartfon batareyasi haqida
Agar siz smartfonda o`yin o`ynamasangiz va katta hajmdagi videolarni tomosha qilmasangiz, batareya quvvati ancha vaqtga etadi. 

Yangi  iPhone 7 4 yadroli prosessor bilan ta`minlangan. 
Men iPhone 7`ni faqat so`zlashishi uchun ishlatganimda uning quvvati 24 soatga, 7 Plus`ning quvvati esa 48 soatga etdi. 

Biroq men unda o`yin o`ynaganimda smartfonni bir sutkada bir marta quvvatlantirishga to`g`ri keldi”,—deydi foydalanuvchilardan biri.  

Yangi iPhone smartfonlarini tahlil qilayotgan mutaxasislardan biri uning juda tez quvvatlanishini ta`kidlab o`tidi. Shunga ko`ra, quvvati 9 foiz qolgan iPhone 7 bir soatdan sal ko`proq vaqt ichida 96 foizga quvvatlanadi. 

Uni sinovdan o`tkazish jarayonida ya`ni smartfon tinimsiz 15 soat ishlatilganida( ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, video ko`rish, musiqa tinglasho`) iPhone 7`ning quvvati 15 foizga tushgani ma`lum bo`ldi. xulosa qilib aytganda, iPhone 7 smartfonining batareya quvvatini kuchli deyish mumkin. Biroq uning uzoq muddat saqlanishi har bir  foydalanuvchining o`ziga bog`liq.  

Smartfon kamerasi
Kadrda yorug`lik etarli bo`lsa, iPhone 7 va iPhone 7 Plus kameralarida suratga tushirilgan kadrlar boshqa smartfonlarnikidan deyarli farq qilmaydi. 

Biroq, yorug`lik etarli bo`lmagan joylarda iPhone 7 va iPhone 7 Plus kameralari “o`zini ko`rsatadi”.  Bunday sharoitda smartfon ancha tiniq va chiroyli fotosuratlarni taqdim etishga qodir. Bunga esa ularga o`rnatilgan optik stabilizasiya yordam beradi. 

iPhone 7 smartfonida tushirilgan suratlarda teri va kiyim rangi tabiiyga juda chqin ko`rinadi.  

Simsiz ulanadigan AirPods quloqchinlari
Afsuski, iPhone 7 smartqfoni bilan birga sotiladigan aksessuarlar orasida simsiz ulanadigan quloqchinlar yo`q. Ularni alohida sotib olish talab qilinadi. “Cimsiz ulanadigan quloqchinlarni sotib olgandan keyingina  musiqa tinglash mumkin. Yaxshismi undagi musiqa tinglash funksiyasini ham o`chirib qo`yish kerak edi”,—deydi xaridorlardan biri. 

Suvga tushib ketsa...
Yangi iPhone 7 smartfonidan hatto dush qabul qilayotganda ham foydalansa bo`ladi. Chunki uning suv o`tkazmaslik xususiyati juda yaxshi ishlaydi.  Quloqchinlardagi W1 chipi yordamida iPhone 7 smartfonini ishlatish yanada osonlashadi. Mazkur chipning Bluetooth-stereogarniturasidan farqli bir qancha afzalliklari mavjud. Telefon orqali bog`lanish Bluetooth-stereogarniturasiga qaraganda tezroq ro`y beradi. Buning uchun yoqilgan iPhone`ning quvvatlantiruvchi keysini ochish kifoya.

Mutaxasislar AirPods quloqchinlaridagi ayrim xatoliklarni ham aniqlashga ulgurishdi. Yangi quloqchinlardagi eng katta noqulaylik uni qo`l yordamida boshqarib bo`lmasligida. Ya`ni quloqchinning o`zi orqali jismoniy xatti-harakatlar bilan ovozni balandlatish, boshqa qo`shiqqa o`tkazish imkoni yo`q. Buning uchun yoki iPhone yoki Siri dasturiga murojaat qilish kerak.  

"Agar siz musiqa tinglayotgan bo`lsangiz, deylik uning ovozini balandroq qilmoqchi bo`lsangiz, Siri bilan bog`lanish uchun quloqchinga ikki marta teginish kerak. Ovozli yordamchi esa faol holatga kiradi, musiqa to`xtaydi va siz “Ovozni ko`tar” deyishingiz kerak.  An`anaviy quloqchinlarda esa bu harakatni undagi tugmani bosib amalga oshirish mumkin edi”, deb ta`kidlaydi mutaxasislar.

Mutaxasislarning fikricha, Apple kompaniyasi xaridorlarni suv o`tkazish funksiyasi qanday hollarda buzilishi mumkinligi haqida ogohlantirmagan. Masalan, deylik displey yoki batareyani almashtirish uchun korpusni ochishga to`g`ri keladi. “Bunday holda iPhone`ning suvga chidamligi buziladimi yoki yo`qmi? Bu savolni kompnaiya javobsiz qolodiprdi. Endi yangi smartfonlar ochilishini kutamiz, shekilli”,—deydi foydalanuvchilardan biri. 

Sensorga aylangan “ortga” tugmasi
iPhone 6s smartfonlaridagi oldinga bo`rtib chiqqan Taptic Engine vibromotori, yangi avlod smartfonlarida “ortga” tugmasi vazifasini bajaradi. U endilitkda mexanik, emas sensor tarzida ishlaydi. 

"Vibrasiya aniq va sezilarli”,— deydi foydalanuvchilardan biri Taptic Engine haqida. 

Apple uni ilk marta tugma o`rnini bosish uchun ishlatmoqda. 
Shuningdek dasturchilarga ham unga kirish imkonini bermoqda. Kelajakda Taptic Engine funksiyasini keng qo`llash mumkin bo`ladi. 

Shu bilan birga yangi smartfonda mazkur tugmaning sensorlashgani ayrimlarga manzur bo`lmadi. 

Mazkur sensor tugmadan foydalanganlarning aytishicha, u shunchaki tugma emas, smartfonning yarmidek taassurot uyg`otadi. 

Biroq boshqa xaridorlar esa sensor tugmaning imkoniyatlaridan mamnun.  Ularga smartfonda qo`shimcha tugmaning yo`qligi ma`qul kelmoqda. 

 iPhone 7`ning yana bir kamchiligi
Har bir yangi smartfon o`z o`lchamidan 3,5 millimetrga qisqarmoqda va bu odatiy holga aylanib qoldi. Odatiy quloqchinlar o`rnini sensor quloqchinlar egallamoqda. Simsiz ulanadigan quloqchinlar rivojlanishi davom etadi, yaqin kelajakda ular deyarli barcha smartfonlarning ajralmas qismiga aylanadi.   

 Biroq Apple kompaniyasining standart “teshik”chalarni olib tashlagani simsiz ulanadigan qurilmalardan foyldalanadigan xaridorlarni ham tashvishga solmoqda. 

Bu menimcha kompaniyaning kamchiligi, bu holat menga ma`qul kelmadi”, deydi xaridorlardan biri. 

Bunda asosiy muammo bir vaqtning o`zida telefonni ham quvvatlantiri, ham sim orqali ulanadiagn quloqchinlarda musiqa tinglash imkoniyatining yo`qligida. 

“Agar siz tunda uyquga kteish oldidan  musiqa tinglayotgan bo`lsangiz va shu payt telefonni quvvatlantirish kerak bo`lsa, bunda hg`ammasi qiyinlashadi",— deydi mutaxasislardan biri.

Agar telefonda odatiy quloqchinlar orqali musiqa tinglayotganingizda qo`lingizdan tushib ketsa, quloqchin simi uni erga tushirmay ushlab turadi. Biroq yangi smartfonlardagi odatiy quloqchinlar uchun ajratilgan joyning juda kichikligi bunga imkon bermaydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!