“Oltin to`p–2016” mukofotiga dastlabki da`vogarlar: Ronaldu, Beyl, Buffon va ...

12:15, 24 oktabr

France Football nashri “Oltin to`p-2016” mukofotiga da`vogar futbolchilarning nomlari ma`lum qilmoqda. Bu haqda “Championat.com” xabar berdi.

Ayni damda “Real” etakchilari Krishtianu Ronaldu va Garet Beyl, “Yuventus” darvozaboni Janluiji Buffon hamda “Borussiya D” hujumchisi Per-Emerik Obameyang va “Manchester Siti” forvardi Serxio Aguero nomzodlari aniq bo`ldi. Yaqin soatlar ichida “Oltin to`p”ga da`vogar qolgan 25 futbolchining nomi e`lon qilinadi.

Eslatib o`tamiz, o`tgan yili “Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Oltin to`p”ni qo`lga kiritgandi. Bu safar Ronaldudan mukofotni qo`lga kiritish imkoniyati yuqori. 31 yoshli futbolchi “Real” bilan Chempionlar Ligasi, Portugaliya bilan esa Evropa chempioni bo`lgandi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!