«Qizil qalpoqcha» salati - lavlagi+seld balig`i+bedana tuxumidan!

14:09, 24 oktabr

Zarur masalliqlar: 200 gr. pishloq, 7 dona bedana tuxumi, 2 ta lavlagi, 1 bo`lak seld balig`i, 1 bosh qizil piyoz, mayonez, 2 osh qoshiq sirka, shakar, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Piyozni maydalab to`g`rang. 1 piyola suvga sirka, shakar, tuz qo`shib, piyozni soling. 15 daqiqadan so`ng marinadlangan piyozni suvidan ajrating.

2. Pishloq va seld balig`ini to`rtburchak shaklda to`g`rab, piyozga qo`shing.

3. Lavlagi va bedana tuxumini qaynatib, po`stidan tozalang-da, maydalab to`rtburchak shaklda to`g`rang. Barcha masalliqlarni aralashtiring. Mayonez va tuz qo`shing. 1 soat muzlatkichda qo`yib, so`ngra dasturxonga torting.

Tayyorlanish vaqti: 40 daqiqa.

4 kishilik. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!