Mariya Sharapova ayollar tennis assosiasiyasi reytingidan chetlatildi

14:44, 24 oktabr

Ayollar tennisi assosiasiyasi  (WTA) rossiyalik tennischi Mariya Sharapovani yangi reytingidan chetlashtirdi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri. 

Reytingning oldingi versiyasida Mariya Sharapova 690 ochko bilan 91 o`rinni egallagan edi. U so`nggi ochkolarini o`tgan yilning oktyabr oyida Singapurda o`tkazilgan turnirda qo`lga kiritgandi. Ammo bu natija yangi reyting tuzilayotganda e`tiborga olinmadi.

Mart oyida doping tekshiruvidan o`tib, meldoniya asoratlari aniqlangan Mariya Sharapova hozirda o`yinlarda ishtirok etmayapti.

CAS ning qaroriga binoan tennischi Xalqaro tennis federasiyasi (ITF) ning uni ikki yilga musobaqalardan chetlatishiga qaramay, 2017 yilning aprel oyida o`tkaziladigan turnirlarda qatnashishni rejalashtirgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!