“Oltin to`p–2016” mukofotiga navbatdagi nomzodlar: De Bryuyne, Grizmann, Dibala, Iguain, Godin

14:50, 24 oktabr

France Football nashri “Oltin to`p–2016” mukofoti uchun navbatdagi 5 futbolchining nomini e`lon qildi.

2016 yilgi “Oltin to`p” sovriniga Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti”), Antuan Grizmann (“Atletiko”), Paulo Dibala (“Yuventus”),  Gonsalo Iguain (“Yuventus”) va Diego Godin (“Atletiko”) da`vogarlik qiladigan bo`ldi.

Oldinroq Krishtianu Ronaldu va Garet Beyl (ikkisi ham “Real”), Janluiji Buffon (“Yuventus”), Obameyang (“Borussiya D”) va Serxio Aguero (“Manchester Siti”) “Oltin to`p–2016” uchun da`vogarlik qilishi haqida xabar bergandik.

Ma`lumotlarga ko`ra, France Football “H” harfigacha bo`lgan nomzodlarni ko`rsatdi. Demak David De Xea (“Manchester Yunayted”) va Karim Benzema (“Real”) “Oltin to`p” mukofoti uchun da`vogarlik qilmaydi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!