Modda almashinuv tizimingiz to`g`ri ishlaydimi?

15:14, 24 oktabr
  1. Ortiqcha vaznlimisiz yoki kam vaznli?
  2. Och qolasizmi yoki go`sht emaysizmi?
  3. Turli vitaminlar qabul qilasizmi?
  4. Shirin/tuzli/yog`li ovqatlarni iste`mol qilasizmi?
  5. Meva-sabzavotlardan kam eysizmi?
  6. Yuzingiz rangi sog`lom emasmi?
  7. Jismoniy mashqlar bilan shug`ullanasizmi?
  8. Toza havoda kam bo`lasizmi?
  9. Qabziyatdan qiynalasizmi?
  10. Husnbuzar yoki allergik toshmalar bezovta qiladimi?
  11. Sochlaringiz ko`p to`kiladi, rangi xiralashganmi?
  12. Tirnoqlaringizda chiziqchalar bormi?
  13. Teringiz qurishadi yoki yog`lanib, tez yallig`lanadimi?
  14. Tana harorati odatdagi (36 S) dan baland yoki pastmi?
  15. Ko`p suyuqliq (kuniga 1,5 litrdan ortiq) ichasizmi?
  16. Tezda vazn yo`qotib, vazn orttirasizmi?
  17. Quvvatsizlik sezasizmi?
  18. 8 soatdan kam uxlaysizmi?

Natija:

2‑3 savolga javobingiz «ha», bo`lsa, demak, modda almashinuvi normal holatda. Vazningizga ahamiyatli bo`ling, yaxshi ovqatlaning.

4‑9 savolga javobingiz «ha», bo`lsa, taomnomangizni ko`zdan kechiring. Darmondorilar qabul qiling, jismoniy mashqlar bilan shug`ullaning. Vaqtida uxlashni ham unutmang, toza havodan nafas oling.

10 tadan oshiq savolga «ha» deb javob bergan bo`lsangiz, demak, modda almashinuvi buzilgan. Terapevt, endokrinolog va parhezshunos ko`rigidan o`ting.

Madina tayyorladi

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!