Londonda mushuklar uchun ilk musiqiy albom taqdim etildi (Video)

15:18, 24 oktabr

Universal Music kompaniyasi mushuklar uchun dunyodagi ilk musiqiy albomni chiqardi.

Mazkur albom bastakor, 60 yoshli Amerika Milliy simfonik orkestri violonchelchisi Devid Teye tomonidan yaratildi. Ish davomida u mushuk bolachalarini ilhomlantiradigan musiqalardan foydalandi. Xususan, unda qushlar va mushuk onalarining ovozlaridan foydalanilgan.

Musiqachi albomni 26 ta asbob yordamida yaratgan.

Albomdan beshta tarona o`rin olgan. To`plam iTunes TOP reytingiga kiritildi. Teyening barcha taronalari musiqiy klassikaga asoslangan, shu sababli mushuklar bilan birga ularning egalari ham bundan bahramand bo`lishlari mumkin.

Albom taqdimoti Londonning mushkular uchun «Ledi Dina» qahvaxonasida bo`lib o`tdi. Ilk ovozlardayoq mushuklar ushbu taronalarga diqqatlarni jalb qilishdi va maroq bilan tinglashdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!