AQSh sudi o`z qizini zo`rlagan jinoyatchini 1503 yillik qamoq jazosiga hukm qildi

15:22, 24 oktabr

AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan Fresno shahrida yashovchi, ismi sir tutilayotgan erkak 1503 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.   

Sudning bunday qarorga kelishiga erkakning to`rt yil mobaynida o`z qiziga jinsiy zo`ravonlik qilgani sabab bo`lgan. Sudda prokuror Nikol Galsten (Nicole Galstan)ning ma`lumot berishicha, qiz ilk marotaba oilaning do`sti tomonidan zo`ravonlik qurboniga aylangan. Otasi qizini himoya qilish o`rniga, uni to`rt yil davomida o`zining “shaxsiy mulki”ga aylantirgan. 1993 yilda tug`ilgan qiz ortiq bunday xo`rlikka chidolmay, uydan qochib ketgan. 

Sudda sentyabr oyida ayblanuvchiga voyaga etmagan shaxsni zo`rlaganligi uchun 186 epizod bo`yicha ayb qo`yilgan. Hukm chiqargan sudya Edvard Sarkisyan (Edward Sarkisian Jr.)ning ta`kidlashicha, erkak qiziga biror marta rahm-shafqat qilmagan, balki barcha voqeada uni ayblagan.

Tergov jarayonida erkakdan o`z aybiga iqror bo`lib, tergov bilan hamkorlik qilish taklif etilgan. Agar erkak bu shartga rozi bo`lganda 13 yilga yoki uzog`i bilan 22 yilga qamalgan bo`lardi. Biroq jinoyatchi taklifni rad etib, qamoqda o`tkazgan vaqtini hisobga olib, ozodlikka chiqarishlarini talab qilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!