Fransiyadagi Kale qochoqlar lagerida yashovchilar majburan evakuasiya qilindi

16:29, 24 oktabr

Fransiya hukumati Kaleda joylashgan qochoqlar lagerida yashovchi muhojirlarni ko`chishga majbur qildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Nelegal qochoqlarni ko`chirish tadbiri bir hafta davom etishi ko`zda tutilgan. Hukumat ularni olti mingdan sakkiz mingtacha qochoqni o`z bag`riga oladigan maxsus markazga joylashtirishni rejalashtirgan.

Ammo bunga qaramay, ikki mingga yaqin qochoq o`z kulbasini tark etishni istamay, norozi bo`lgan. Ularning polisiyaga qarshilik ko`rsatish xavfi tug`ilgan. Fransiya ichki ishlar vaziri Bernar Kaznevning so`zlariga qaraganda, tadbir hozircha tinch o`tmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!