Sevara Nazarxon ancha ulg`ayib qolgan qizini ko`rsatdi(Foto)

16:41, 24 oktabr

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sevara Nazarxon qizi Imon Anvarning yangi suratlarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joyladi. Mazkur suratlar xonandaning muxlislariga manzur bo`ldi. 

“Avvaliga bu karavotda Dengiz katta bo`lgandi. Endi esa Imon Anvar”,—deb izohladi xonanda qizining karavotda yotgani aks etgan suratni. 

Yana bir suratda esa Imon Anvar qorni bilan yotgani ifodalangan. 

“Hayot daryoga o`xshaydi. Va har birimizning o`z qayig`imiz va o`z yo`limiz bor”,— deb yozadi Sevara mazkur suratni izohlab.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!