Er-xotin yozishmasidan…

10:18, 25 oktabr
  • Sizga zo`r yangiligim bor!!! (smaylik sovg`a)
  • Qiziqtirding, nima ekan u?
  • Toping... 
  • Oyligingni ko`tarishdimi???
  • Yo`g`-e, qaydan...
  • Lotoreyada yutuq chiqdimi?
  • Eh, yaramni tirnamang…
  • Farzand kutayapmizmi? (smaylik:aist)
  • Kutayapmiz, faqat farzand emas!
  • Bo`ldi, topolmadim, tezroq ayt, majlisga kirishim kerak.
  • Bugun...
  • Kechqurun soat 18-00 da...
  • Siz kutgan, siz hohlagan....
  • Xo`sh??????? (smaylik: yurakcha ko`zlari chiqib turgan)
  • Onajonim mehmonga kelayaptilar! 2-3 kun turib ketarkanlar. Xursandmisiz!
  • Judayam!!!! 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!