16 yoshli amerikalik darvozabon koma holatidan chiqqach, ispan tilida so`zlasha boshladi

10:21, 25 oktabr

AQShning Jorjiya shtatidagi Brukvud futbol maktabi darvozaboni, 16 yoshli Ruben Nsemo komadan chiqqandan keyin ingliz tilini unutib, ispan tilida so`zlasha boshladi, deb xabar berdi “Sport.segodnya.ua” nashri. 

O`smir ikki hafta ilgari, o`yin vaqtida to`pni qaytarmoqchi bo`lganda boshi qattiq lat egan. Ruben hushdan ketib, nafas olmagan, uch kun koma holatida yotgan. Ko`zini ochganda esa inglizcha gapira olmagan, ilgari bilmagan, tushunmagan ispan tilida so`zlasha boshlagan. Rubenning aytishicha, bunday ko`nikmaga do`stlari yoki akasining yordami bilan erishishi mumkin bo`lgan. Hozirda u inglizcha so`zlarni tushunsa-da, ispan tilida muloqot qilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!