Shokoladning 9 ta foydali xususiyati

10:40, 25 oktabr
  • Qora shokolad erkaklarda yurak infarkti yuzaga kelishini 17%ga qisqartiradi, ayollarni esa erta klimaksdan himoya qiladi.
  • Kunora 2 bo`lak shokolad iste`mol qilgan kishida keksalikda xotira susayishi va aql zaiflashuvi uchramaydi.
  • Bir bo`lak achchiq qora shokolad ochlik hissini bartaraf etadi.
  • Bir oy davomida uch marta 25 gr.dan shokolad iste`mol qilish 1 yilga umrni uzaytiradi.
  • Ikki-uch bo`lak shokolad eyilgach, matematik masalalar oson hal qilinadi.
  • Ma`lumotlarga ko`ra, Nobel mukofoti laureatlari shokolad ko`p iste`mol qilingan davlat vakillari ekan.
  • Tarkibida yog` miqdori yuqori bo`lsa-da, qora shokolad qonda xolesterin miqdorini ko`paytirmaydi.
  • Bu shirinlikda fenamin qo`shimchasi bo`lib, u yoqimli his-tuyg`ular sezgisini keltirib chiqaradi.
  • O`rtacha shokolad bo`lagida 20 ml. kofein bo`lib, u xuddi ikki-uch qultum qora choy ichish bilan barobar.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!