O`zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev Ichki ishlar organlari xodimlarini mukofotladi

11:00, 25 oktabr

24 oktyabr kuni O`zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to`g`risida"gi farmonni imzoladi. Farmon matni O`zA tomonidan e`lon qilindi.

Mamlakatda jamoat xavfsizligi, tinchlik va barqarorlikni ta`minlash borasidagi ko`p yillik fidokorona mehnati, xizmat burchini bajarish va milliy manfaatlarimizni himoya qilishda mardlik va jasorat ko`rsatgani hamda yosh avlodni ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo`shgan munosib hissasi uchun bir guruh xodimlar «Mehnat shuhrati», II darajali «Shon-sharaf», «Do`stlik», «Mardlik» ordenlari, «Jasorat», «Sodiq xizmatlari uchun» va «Shuhrat» medallari bilan taqdirlandi.

25 oktyabr kuni O`zbekistonda Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni sifatida nishonlanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!