Taylandda 150 ming nafar odam marhum qirol sharafiga gimn kuyladi

11:09, 25 oktabr

Taylandda 150 ming nafar odam Bangkokdagi Sanam Luang maydoniga chiqib, marhum qirol Pxuminon Adulyat xotirasiga bag`ishlab yaratilgan yangi talqindagi gimnni ijro etdi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri. 

Gimnni nafaqat Bangkok aholisi, balki boshqa shaharlarlardan kelgan odamlar ham kuyladi. Gimnning yangi talqini mamlakatning barcha kinoteatrlarida seans boshlanishidan oldin yangraydigan, tomoshabinlar uni o`rnidan turgan holda tinglashlari yo`lga qo`yildi.

13 oktyabr kuni, Taylandni 1946 yildan beri boshqarib kelgan, qirol Pxumipon Adulyadet vafot etgan. Hukumat mamlakatda bir yillik motam e`lon qildi. Davlat xizmatchilariga qora kiyimda yurish buyurildi. Mamlakatga kelgan sayyohlarga esa qora tasmalar tarqatilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!