Luis Suares sobiq jamoasiga qaytish istagini bildirdi

11:12, 25 oktabr

“Barselona”  jamoasi hujumchisi Luis Suares kataloniyaliklar safidan ketgan taqdirda qaysi jamoa sharafini himoya qilishini ma`lum qildi, deb xabar bermoqda “Championat.com”.

“Albatta men “Ayaks”ga qaytgan bo`lardim. Hatto bu ishni klubga minnatdorchilik bildirish maqsadida amalga oshirsam ham.  Men “Ayaks”ning yordami bilan Evropada tanildim.

Lekin mening barcha orzularim “Barselona”da amalga oshdi. Umid qilamanki, faoliyatimni aynan shu erda yakunlayman. Buning uchun esa bor kuchimni berib ishlashim kerak, – dedi urugvaylik futbolchi.

Ma`lumot uchun, Luis Suares 2007–2011 yillar davomida Gollandiyaning “Ayaks” safida to`p surgan. 2012–2014 yillarda esa “Liverpul” sharafini himoya qilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!