Toshkentda eng ko`p oilaviy ajrimlar qayd etilgan mahallalar ro`yxati e`lon qilindi

11:55, 25 oktabr

20 oktyabr kuni “Toshkent shahrida oila munosabatlarini mustahkamlash va nikohdan ajratish holatlarining oldini olishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirish, bunda tegishli davlat organlari va jamoat tashkilotlari hamkorligini yanada kuchaytirish to`g`risida” Toshkent shahar hokimining qarori imzolandi. 

Ushbu hujjatda har bir tumanda eng ko`p oilaviy ajrimlar qayd etilgan o`n bir mahallaning ro`yxati keltirilmoqda. Bular:

Bektemirda “Mirishkor”
Mirobodda “Inoqobod”
Mirzo Ulug`bekda “Avayxon”
Olmazorda  “Qo`shtut”
Sergelida  “Ziynat”
Uchtepada “Qori yog`di”
Chilonzorda  “Nafosat”
Shayxontohurda “Yangiobod”
Yunusobodda “Beg`ubor”
Yakkasaroyda  “Damariq”
Yashnobodda “Ahmad Yassaviy”

Mazkur mahallalarda 2017 yilning 1 yanvariga qadar ishchi guruhlar keng jamoatchilik, mahalla oqsoqollari hamkorligida profilaktika tadbirlarini o`tkazishadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!